23.05.2017    15:50    9932

2017 yilning 15-18 may kunlari universitetda “Rossiya haftaligi“ o’tkazildi. Tadbir doirasida “Savodxonlik kunlari“ (ta`lim va ma’rifiy loyiha), “O’qib bo’ldingmi, boshqaga uzat“ shiorida book-crossing tadbiri, guruhlarda esa “Men Rossiyani bilamanmi?“ intellektual viktorina, rus ashulalari an`anaviy tanlovi va rus xalqining qishni kuzatish bayrami – Maslenitsa o’tkazildi.

Tadbirlar yakunida universitetning faol ijodkor yoshlari ishtirokida konsert o’tkazildi. Konsert dasturi qo’shiq va raqs chiqishlari, she’r o’qish va teatr ijrolari hamda Toshkent shahridagi Rus madaniy markazi qoshidagi “Kuylayotgan qalblar” xorining chiqishlarini o’z ichiga qamrab oldi.

Mazkur tadbir talaba yoshlarning rus madaniyati va rus tiliga bo’lgan qiziqishini oshirishga va xalqlar o’rtasidagi do’stona munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan.