23.05.2017    15:15    9523

Yozgi amaliyot dasturi

Xalqaro kompleks tadqiqotlar markazi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

JIDU Xalqaro kompleks tadqiqotlar markazi axborot va ma’lumotlar yig’ish, ular ustida ishlash, tahlil etish va ma’muriy ish yuritishda amaliy ko’mak berish niyatidagilarni to’liq bo’lmagan ish kuni asosida yozgi amaliyotga taklif etadi. Xalqaro kompleks tadqiqotlar markazi zamonaviy xalqaro munosabatlar, ichki, tashqi va instutsional omillarning ahamiyati va roli, mintaqaviy va umumtizimdagi jarayonlarning rivojlanish xususiyatlarini kompleks tahlil qilish va tizimli tadqiq etish maqsadida tashkil etilgan.

Amаliyot o’tovchining vazifalari:

• Axborot va ma’lumotlarni tahlil qilish va yig’ishda ko’maklashish;

• Arxiv va ma’lumotlarni fayllarga tizimli joylashtirish;

• Ma’lumot va xatlarni tayyorlashda yordam berish;

• Hujjatlarni tarjima qilish va nashrga tayyorlash;

• Xalqaro konferensiyalarni tashkil etishda ko’maklashish.

Ilmiy-tadqiqot loyihalari: amaliyotchi turli tadqiqot guruhlarida ilmiy-tadqiqot ustida faoliyat olib boradi va malakali tadqiqotchilar bilan birgalikda asosan masofadan va markazda uchrashuvlar orqali ishlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Amaliyot yozma tahliliy ish va og’zaki taqdimot qilishdan tashkil etiladi.

Tanlov shartlari va muddati:

JIDUning bakalavr va magistr talabasi bo’lishi, ilmiy tadiqiqot faoliyati qiziquvchilar va ushbu yo’nalishda ish o’rganishni xohlovchilar, amaliyot uch oy muddatda davom etadi.

Stipendiya va imtiyozlar: ushbu amaliyot uchun stipendiya to’lanmaydi, amaliyotchilar barcha ilmiy konferesiylarda ishtirok etish imkoniytlariga ega bo’ladilar. Amaliyotchilarda ilmiy tadqiqot sohasida faoliyat yuritish bo’yicha tajriba va malakaga ega bo’lish imkoniyati paydo bo’ladi.

Arizalar qanday topshiriladi: 2017 yilning 26 mayiga qadar shaxsiy ma’lumotnoma (CV), nima sababdan ushbu amaliyotni o’tmoqchiligingiz to’g’risidagi xat (400 so’zgacha) va sizni qobiliyatlaringiz haqida fikr bildirishi mumkin bo’lgan ikki nafar shahsning ismi va telefon/e-mail adreslari a.abdullayev@uwed.uz. elektron manziliga yuboring. Arizalar markaz yetakchilari bilan hamkorlikda ko’rib chiqiladi. Yakuniy xulosalar og’zaki suhbatdan so’ng e’lon qilinadi.