23.05.2017    10:12    9365

Joriy yilning 12 may kuni Buxoro Davlat universitetida umumkasbiy fanlar talabalari o’rtasida fransuz tilidan, 15-16 may kunlari Samarqand Davlat chet tillar institutida nemis tili bo’yicha Respublika fan olimpiadasining II bosqichi bo’lib o’tdi. Unda Respublikamizning turli o’quv dargohlaridan tashrif buyurgan yoshlar o’z bilimlarini sinab ko’rish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Tanlov 4 bosqichda bo’lib o’tdi. JIDU talabalari orasidan fransuz tilidan Xalqaro Munosabatlar fakultetining 3 bosqich talabasi S.Annaev, nemis tilidan 2 bosqich talabasi Z.Alieva ushbu tanlovlarda qatnashib sovrinli birinchi o’rinni egalladilar. G’oliblarga Faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari taqdim etildi.