22.05.2017    11:46    9971

2017 yil 19-20 may kunlari “JI va XIM” kafedrasi tomonidan JIDUda “Jahon iqtisodiyoti va Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanlaridan Respublika fan olimpiadasining 2-bosqichi o‘tkazildi. Olimpiadada respublikamizning 14 ta oliy o‘quv yurtlaridan olimpiadaning 1-bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar ilmiy rahbarlari bilan birgalikda qatnashdi. “Jahon iqtisodiyoti va Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanlaridan respublika fan olimpiadasi 4 ta bosqichdan iborat bo‘lib, ularga yozma ish, masala yechish, test va og‘zaki javob kabi bosqichlar kiritildi. Ushbu tanlov natijasida, 1-o‘rinni JIDU «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fakulteti 4-bosqich talabasi Ismoilov Orifjon, 2-o‘rinni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti «Iqtisodiyot» fakulteti 3-bosqich talabasi Mullaeva Munisa, 3-o‘rinni esa Samarqand Davlat universiteti «Ijtimoiy-iqtisodiyot» fakulteti 2-bosqich talabasi Hasanov Habibullo qo‘lga kiritishdi. Olimpiadaning yopilish marosimida g‘olib talabalar va barcha olimpiada qatnashchilari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.