2017-05-18    13:52    1784

2017 yil 16 may kuni JIDUning Faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi topshirig‘iga binoan universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida uchrashuv-suhbat o‘tkazildi. Uchrashuv yod g‘oyalarga qarshi kurashish, yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratildi. Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi OO‘MTV vakili X.Eshov, M.Ulug‘bek nomidagi O‘MU “Milliy g‘oya” kafedrasi dotsenti Sh.Axrarova, JIDU “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri R.Tursunovalar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talabalarga odam savdosi va uning salbiy oqibatlari bo‘yicha aniq faktlarga asoslangan jinoyatlar to‘g‘risida axborot film namoyish etildi. Ma’ruzachilar mamlakatimizda odam savdosiga qarshi ishlab chiqilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil so‘z yuritdi. Tadbir so‘ngida talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.