17.05.2017    14:11    11406

2017 yil, 15 may kuni JIDU kutubxonasida “SAP” savdo direktori, “Top-contact” va “Bookcafe” biznes loyihalari asoschisi – Laziz Adhamov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv “Menejment asoslari” kursi o’qituvchisi Kasimova Naima Djahangirovna va JIDU “Start-up” klubi tomonidan tashkillashtirilgan bo'lib, “master klass” tarzida bo’lib o’tdi. Unda JIDUning o’qituvchi va talabalari qatnashishdi. Bu uchrashuv universitetni yakunlab bo’lgach, biror ish faoliyatini boshlashga bag’ishlandi va uchrashuv so’nggida talabalar o’zlari qiziqqan savollarga javob olishdi.