10.05.2017    14:44    10399

2017 yilning 27 aprel kuni “Musaffo kelajakka biz bilan" birinchi respublika ko'rik-tanlovining g'oliblarini taqdirlash marosimi MediaPark Qoratosh Savdo markazida bo'lib o'tdi. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi va XII AJ "TOSHRANGMETZAVOD" tomonidan tashkil qilingan mazkur ko`rik-tanlov ekologik taqvimning muhim sanasi- “Xalqaro Yer kuni”ga bag'ishlab o`tkazildi. Tanlov natijalariga ko'ra "Eng yaxshi poster" nominatsiyasi bo`yicha Xalqaro iqtisodiyot fakultetining 2-kurs talabasi Kim Eduard g`olib deb topildi. Tashkilotchilar har yili “Musaffo kelajakka biz bilan” loyihasini amalga oshirishni va kelajakda ham bunday ekologik-ijodiy loyihalarga faol yoshlarni keng jalb qilishni rejalashtirishmoqda.