05.05.2017    17:16    10473

2017 yil 3 may kuni JIDUda “Arab davlatlari madaniyati va dialekti” mavzusidagi seminar tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminarga tashrif buyurgan mehmonlar, arab tili bo‘yicha o‘zining chuqur bilimlari va tajribalariga boy tilshunoslar ishtirok etishdi hamda o‘zlarining foydali ma’ruzalarini taqdim qilishdi.

4 may kuni “Xattotlik ko‘rgazma”si bo‘lib o‘tdi va unda tarixiy-madaniy boy meros hisoblangan arab davlatlari qadimiy qo‘lyozma turlari namoyish etildi. Shuningdek, mashhur xattot Soliyev Habibullo Ismailovich ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarga arab xattotligi sirlarini tanishtirdi.