04.05.2017    19:25    10622

2 may kuni universitetimiz talabalari, faxriylar va ularning oila-a’zolari ahvolidan xabar olish tadbirlari doirasida, universitetimizda ko‘p yillar ish olib borgan faxriylar, jumladan, Malina Dilbar Muxsitovna, Fayziyeva Kumushxon, Baxritdinov  Bahodir Arifovichlar bilan uchrashib suhbatlashishdi. Suhbat jarayonida, faxriylar universitetda ishlagan yillarini hurmat bilan esga olib, talabalarga kelajakda omad tiladilar. Tashrif so‘ngida, faxriylarga universitet nomidan minnatdorchilik sifatida sovg‘alar topshirildi.