23.12.2015    17:11    18463

2015- yil 23-dekabr kuni JIDU qoshidagi Tarjimonlar tayyorlash markazining an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi. Talabalarning ushbu konferensiyasi odatdagiday ingliz tilida o’tkazildi, va “Muloqot san’ati” deb nomlandi. Konferensiyaga Toshkentdagi 15dan ortiq oliy o’quv yurtlari taklif etildi.

O’zining kirish nutqida JIDU rektori A. A. Jumanov, bunday turdagi tadbirlarni o’tkazish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidla’ o’tdi. Ushbu tadbirning ingliz tilida sinxron tarjima hamoxanligida o’tkanligi, talabalarga kelajakdagi kasbkorining to’liq egasi bo’lishiga ulkan yordam ko’rsatishiga alohida to’xtalib o’tdi. Universitet rektori ta’kidlaganidek, konferensiyaning dolzarb mavzusi kattaroq davralarda, darslarda, talabalarning yig’ilishlarida, diskussiya klublarida va boshqa joylarda o’rganilishga loyiq.

Tarjimonlar tayyorlash markazi rahbarining ta’kidlashicha, muloqotning jamiyat hayotidagi ahamiyati kundan kunga ortib bormoqda. U xalqlararo muhitda muloqot mahoratini olish muhimligini aytib alohida to’xtalib o’tdi.  U buni diplomatlarga ham, tarjimonlarga ham, amalda hamma, turli xil madaniyat vakillari bilan muloqot qilgisi kelganlar va har xil kasb egalariga ham muhimligini qayd etdi.

Toshkent shahrida joylashgan oliy o’quv yurtlarining o’z nutqi bilan qatnashgan talabalariga esdalik sertifikatlari hamda boshqa ishtirokchilarning nutqlarini o’zida jamlagan to’plam taqdim etildi.