06.10.2015    14:18    21718

6 oktyabrda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining faollar zalida Boshqaruv Instituti rahbariyati boshchiligida O’zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Boshqaruv Instiutining tinglovchilari, JIDU talabalari va xodimlari ishtirok etdilar. Yodgor Sa’diyev tinglovchilar va talabalarning qiziqarli savollariga javob berdi. Uchrashuv so‘ngida Yodgor Sa’diyev uchrashuv qatnashchilariga o‘zining sevgan qo‘shig‘ini ijro etib berdi.