04.05.2017    18:29    10559

2017 yil 3 may kuni murabbiylik soatida akademik guruh talabalari o‘rtasida 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “E’tibor va e’zoz” mavzusida suhbat o‘tkazildi. Xotira va qadrlash tushunchalariga alohida urg‘u berildi. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashishlarda qatnashgan, o‘z Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, shuningdek To‘maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Namoz-botir kabi qahramonlar esga olindi. Asrlar davomida xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan Qodiriy, Behbudiy, Munavvar-qori, Cho‘lpon, Avloniy, Usmon Nosir kabi vatandoshlarimiz hayotiga to‘xtalib o‘tildi. Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, janglarda qahramonlarcha halok bo‘lganlar xotirasi tilga olindi. Suhbat chog‘ida talabalar veteran bobo va buvilari haqida so‘zlab berdilar. Mavzuga oid video-lavha namoyish etildi. Suhbat talabalarda katta taassurot qoldirdi.