03.05.2017    12:53    10686

2017 yilning 27 aprel kuni “Ilmiy tadqiqot metodlari” fani doirasida universitetning Axborot resurs markazi xodimlari Gridin Dmitriy Nikolayevich va Garmash Anna Dmitriyevna bilan hamkorlikda Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetining 2-kurs talabalari uchun “Elektron kutubxona tarmog'ida ilmiy-ma’rifiy axborotlarni yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi” mavzusidagi seminar tashkil qilindi.

Talabalarga JIDU xodimlari va talabalari uchun foydalanish imkoniyati erkin yoki sinov uchun berilgan xorijiy elektron manbalar haqida ma’lumot berildi. Bu xorijiy elektron manbalar ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlar, bosma nashrlar, darsliklar, monografiyalar to`liq matnining elektron nusxalari hamda elektron ta`lim resurslarini o`z ichiga olgan.