02.05.2017    15:50    10755

2017 yil 1 may kuni ToshTPI, ToshDSHI, K.Bekzod nomidagi MRDI va JIDU teatr studiyalari orasida Respublika talabalar teatr studiyalari festivalining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi. N.Tashpulatova rahbarligidagi JIDUning “Diplomat” studiyasi XIM fakulteti talabalarining ingliz tilidagi ijrosida Shekspirning “Gamlet” tragediyasi sahnalashtirildi va “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasini qo‘lga kiritib keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Bundan tashqari, “Eng yaxshi badiiy rahbar” nominatsiyasida xam bizning jamoa g’olib deb topildi.

“Diplomat” teatr studiyasini tabriklaymiz va ijodiy yutuqlar tilab qolamiz!