01.05.2017    12:19    10940

2017 yil 28 aprel kuni, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida an’ana tusiga kirgan “Xalqaro huquqning dolzarb masalalari: nazariya va amaliyot” mavzusidagi VIII respublika konferensiyasi o‘tkazildi. Mazkur konferensiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, tegishli vazirliklar, idoralar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari, respublikaning oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, olimlar va tadqiqotchilar, mutaxassislar hamda xalqaro huquq sohasida ta’lim olayotgan talabalar ishtirok etishdi.

Konferensiyada hozirgi zamon dolzarb masalalarini xalqaro-huquqiy hal etishning nazariy va amaliy muammolari bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan o‘zaro foydali va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirishda parlamentning roli, oliy ta’lim sohasidagi islohotlarning, intellektual mulk huquqini himoya qilishning xalqaro-huquqiy masalalari, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirish, inson huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlari va mintaqaviy hamkorlikning institutsiyaviy jihatlari, anklav masalalari bo‘yicha xalqaro tajriba, kabi muayyan masalalar muhokama qilindi.

Konferensiya materiallari alohida to‘plam sifatida nashr etiladi, undan o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyatda qo‘llash ko‘zda tutilmoqda.