11.04.2017    10:10    11615

6-7 aprel kunlari JIDU sport maydonlarida Umumjahon sog‘lik kuniga bag‘ishlangan “Kamolot” YOIH BT qoshidagi “Vatanparvar” klubi faollari ishtirokida sport turlari bo‘yicha hamda universitet talaba qizlari orasida voleybol bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Barcha fakultetlarning harbiy hizmatni o‘tagan talabalari ishtirok etdi (jami 23 nafar talaba). Ishtirokchilar krossfit, turnik, arqon tortish, tosh ko‘tarish sport turlari bo‘yicha kurashdilar.

Musobaqa natijalariga ko‘ra:

1 o‘rinni – XIM fakulteti;

2 o‘rinni – XM fakulteti;

3 o‘rinni – XH fakulteti talabalari egalladi.

Musobaqalar “IGF va jismoniy tarbiya” kafedrasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi va “Kamolot” YOIH BT faollari ishtirokida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Voleybolda XIM fakulteti hamda XM va XH fakultetlari talaba qizlarining terma jamoalari ishtirok etdi. 2:1 hisobda XIM fakulteti qizlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.