31.03.2017    13:42    11979

Joriy yilning 27-30 mart kunlari “JIDUda Frankofoniya kunlari” ga bag’ishlab universitetning «Roman-german tillari» kafedrasi tomonidan tadbirlar o’tkazildi.

“JIDUda Frankofoniya kunlari” doirasida turli yonalishdagi tadbirlar tashkil etildi:

  • “O’zbekiston – Fransiya: Hamkorlikning yangi istiqbollarini izlash” mavzusida fransuz tilida I talabalar konferensiyasi.
  • “Frankofoniya suratlarda” foto ko`rgasmasiю
  • “Bienvenue chez les Ch’tis” filmi namoyishi.
  • JIDU talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi.
  • "Fransiya va Frankofon davlatlari milliy taomlari» taqdimoti.

Yakuniy bayramona konsert dasturi 2017-yil 30-mart soat 15:00da universitetning faollar zalida mehmonlar va JIDU talabalari ishtirokida bo’lib o’tdi.

Konsert universitet rektori A.A.Jumanov tomonidan ochib berildi. Janob rektor “Roman-german tillari” kafedrasi “Fransu ztili” bo’limining barcha a’zolarini “JIDUda Frankofoniya kunlari”ga bag’ishlab rejalashtirilgan barcha tadbirlarni yuksak saviyada o’tkazilganligi bilan tabrikladi, shuningdek, “O’zbekiston – Fransiya: Hamkorlikning yangi istiqbollarini izlash” mavzusida fransuz tilida I talabalar konferensiyasi ishtirokchilariga sertifikatlar taqdim etdi.

Konsertga Fransuz tili sohasida hamkorlik bo‘yicha attashe Xonim Frederik Viyom, hamda Belgiyalik Hurmatli mehmon Jan-Klod Bozhan  tashrif buyurdilar. Konsert universitet talabalari tomonidan tayyorlangan bayramona dasturlar bilan davom ettirildi. Unda talabalar o’z iste’dodlarini namoish etdilar.

Konsert dasturidan so’ng  universitetning “A” korpus holida "Fransiya va Frankofon davlatlari milliy taomlari» taqdimoti bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirni o’tkazishdan maqsad tashrif buyurgan mehmonlarga, professor-o’qituvchilar tarkibiga, universitet hodimlariga va shuningdek, talabalarga fransuz tilida so’zlashuvchi mamlakatlarning milliy taomlari  va pishiriqlarini namoyish etishdan iborat edi. Unda talabalar tomonidan tayyorlangan taomlarni tatib ko’rish uchun taklif etildi. Shirinliklar bilan bezatilgan dasturhonlar barcha ishtirokchilarni e’tiborini tortdi.