29.03.2017    16:39    12393

2017-yil 27-mart kuni JIDU qoshidagi Shayxontohur akademik litseyida mintaqashunoslik sohasi bo’yicha nemis tilida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatini Toshkentdagi Gyote instituti amaliyotchisi Syuzanna Nikelayt tashkil qildi.

Sof nemis tilida Germaniya aholisi urf-odatlari, madaniyati haqida o’tkazilgan suhbat o’quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Bunday tadbirlardan maqsad o’quvchilarning nemis tilida erkin so’zlashish ko’nikmasini oshirishdir.