16.12.2015    10:43    17165

2015 yil 16 dekabrda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan tashkil qilingan Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya ishtirokchilari jahon iqtisodiyotining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, xalqaro munosabatlarni, O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy siyosatining yondashuvlari va ustuvor yo'nalishlarini muhokama qildilar.

Konferentsiya mavzusining dolzarbligi jahon iqtisodiyotining rivojlanishini zamonaviy tendentsiyalarini xususiyatlari va ularni O'zbekiston Respublikasining iqtisodiyotiga ta'sirini ilmiy tadqiq qilish bilan shartlanadi.

Konferentsiyada O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiyot Vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, oliy o'quv yurtlar, ilmiy izlanish institutlari va analitik markazlari vakillari va yetuk ekspertlari ishtirok etdilar.

Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi davomida ishtirokchilar konferentsiyaning O'zbekiston Respublikasining analitik markazlari va turli ilmiy yo'nalish mutaxassis va olimlari o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyatini alohida ta'kidlab o'tdilar.