24.03.2017    10:44    12847

Joriy yilning 22-23 mart kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi, ERASMUS+, HEREs Milliy ofisi, OAJ «E-LINE PRESS», OO‘MTV, O‘zbekiston davlat ilmiy tibbiy kutubxonasi, O‘zbekiston milliy kutubxonasi ishtirokida “Oliy ta’limda axborot ta’minotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida axborot-resurs markazlarini rivojlantirish” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda respublikaning axborot-kutubxona muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirga dunyoning yetakchi kompaniyalari vakillari taklif etildi (Slarivate Analytics, EBSCO information services, Wiley, ProQuest, Springer+Nature, Oxford University Press, eIFL va boshqa nashryot va agregatorlar).

EBSCO ilmiy-o‘qitish resurslaridan faol foydalangani uchun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Axborot-resurs markazi “Elektron resurslarga kirish bo‘yicha eng yaxshi tashkilotchi” nominatsiyasida 1-chi o‘rinni egalladi hamda sertifikat va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.