18.03.2017    11:58    12818

2017-yil 17-mart kuni JIDU Kamolot YoIH BT tashabbusi bilan universitet talabalari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi. Intellektual o'yinda universitet talabalari tomonidan tuzilgan jamoalar ishtirok etishdi. O'yin tashkilotchisi tomonidan tayyorlangan savollar ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi va o'yinning yuqori saviyada o'tishini ta'minladi. O'yin yakunida XM fakultetining "Xalqaro Munosabatlar" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi va eng yaxshi sovg'a hisoblangan kitob bilan taqdirlandi.