18.03.2017    11:53    12808

16 mart kuni Navro‘z umumhalq bayrami arafasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Kamolot” YOIH BT faollari “UWED KIND” loyihasi doirasida shahrimizdagi 52-maxsus maktab o‘quvchilarini tabriklash maqsadida tashrif buyurdilar. Uchrashuv juda chiroyli va mazmundor o‘tdi. Bunda maktab o‘quvchilari tomonidan Navro‘z bayrami uchun maxsus tayyorlangan dastur namoyishi bo‘lib o‘tdi. Universitet talabalari tomonidan esa ko‘rik-tanlov, mehnat ta’limiga asoslangan masster-klass va ko‘ngilochar dastur namoyishlar taqdim etdildi. Uchrashuv so‘nggida esa maktab o‘quvchilariga “Kamolot” YOIH BT faollari tomonidan tayyorlangan maxsus sovg‘alar topshirildi.