17.03.2017    17:41    12768

15 mart kuni IMEP (“O‘zbekistonda oliy ta’lim jarayonining modernizatsiyasi va xalqarolashuvi”) loyiha guruhi bilan yevropalik koordinator va milliy hamkor universitet vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda loyihaning  yevropalik koordinatori VeltaLyubkina, moliya boshqaruvchisi Irena Benaroviche-Litvinova, prorektor V.Xoshimov, G.N.Irmuxamedova, Z.Ubaydullayev, M.Abdullayeva, talabalar va boshqalar ishtirok ettilar. V.Hoshimov universitet hakida hamda loyiha faoliyati tug‘risida qisqacha so‘z yuritdi.

G.N.Irmuhamedova loyihaning JIDU dagi faoliyati haqida ma’lumot, shuningdek 2016 yil mart oyidan 2017 mart oyigacha bo‘lgan har bir ish to‘plamining muvaffaqiyatli natijalari xaqida ma’lumot berdi. Koordinatorlar loyiha hujjatlarini o‘rganib chiqdilar.

Uchrashuv yuridik klinikada bo‘lib o‘tdi. Klinika rahbari Z.Ubaydullayev klinika faoliyati va unda talabalarning o‘rni, klinika ishlarida ish beruvchilar, o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi hamkorlik ishlari hakida ham suz yuritdi. Shuningdek, mehmonlar bir guruh talabalar, ya’ni yuridik klinikaning faol ishtirokchilari bilan suhbatlar o‘tkazishdi.