17.03.2017    17:38    12542

14 mart kuni Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida professor-o‘qituvchi va talabalar bilan Britaniya kengashi a’zolari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Britaniya kengashi direktori Mark Krossi so‘zga chiqib, Britaniya kengashining O‘zbekistondagi fa’oliyati to‘g‘risida gapirdi. Tadbir davomida buyuk ingliz shoiri va drammaturgi V.Shekspir tavaludining 600 yilligiga bag‘ishlab Toshkent davlat san’at va madaniyat instituti talabalari tomonidan sahna ko‘rinishlari o‘zbek rus va ingliz tillarida namoyish etildi. Shuningdek professor-o‘qituvchilar va talabalar diqqatiga Britaniya kengashi tomonidan til o‘rganishdagi ma’lumotlar bazasi haqida prezentatsiya havola etildi. Shu jumladan talabalar halqaro IELTS imtixonini topshirish borasidagi kerakli ma’lumot va yangiliklar bilan tanishdilar. Bundan tashqari IELTS imtixonini bepul topshirishga imkoniyat yaratuvchi Britaniya Kengashi bilan Tagus Let’s go study tomonidan uyushtirilgan tanlov haqida, xamda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza qilish qo‘mitasi, Oliy av O‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Britaniya kengashining elchixonasi va Yevropa ittifoqi delegatsiya ko‘magi ostida Britaniya kengashi tomonidan tashkil etilgan, “Barqaror rivojlanish bo‘yicha eng yaxshi yoshlar tashabbusi” tanlovi haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar faol qatnashdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar.