17.03.2017    15:47    12359

9-13 mart kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talaba-yoshlar ongiga tahdid soluvchi axborot xurujlarining oldini olish, yoshlarda internet va boshqa axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazildi. Mazkur treninglarda universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilar o‘z ma’ruzalari bilan talabalar o‘rtasida turli yot g‘oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, milliy immunitetni shakllantirish maqsadida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdilar. Seminar-treninglar savol-javob tarzida o‘tkazildi.