16.03.2017    17:23    12816

2017 yil 15 mart kuni murabbiylik soatida barcha akademik guruhlarda Navro‘z ayyomi munosabati bilan “Navro‘z - yangilanish, poklanish, bunyodkorlik va rizq-ro‘z bayrami”ga bag‘ishlangan suhbat o‘tkazildi. Talabalar Navro‘zning tarixiy kelib chiqishi, asrlar osha ajdodlardan avlodlarga o‘tib, rivoj topishi, xalqning bebaho madaniy merosiga aylanganligiga e’tibor qaratdi. Mahmud Koshg‘ariy, Beruniy, Umar Hayyom, Alisher Navoiy, Hofiz Tanish Buxoriy kabi allomalarning asarlarida, Navro‘z bayramining o‘tish tartibi, u bilan bog‘liq urf-odat hamda xalq o‘yinlari haqida ko‘plab ma’lumotlar keltirgani tilga olindi.

Navro‘z bayrami – bu dehqon, cho‘pon, hunarmand, umumxalq bayramidir. 1990 yildan buyon Navro‘z mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida tantana qilib kelinadi. Navro‘z bayrami tiklanishi bilan qadimiy urf-odatlarimiz va marosimlarimiz qayta ko‘z ochdi.

Mustaqillik yillarida Navro‘z umumjahon bayrami sifatida tan olindi. 2009 yilda YUNЕSKO tomonidan Navro‘z insoniyatning madaniyat merosi ro‘yxatiga kiritildi. Navro‘z O‘zbekistonimizning madaniy-ma’rifiy merosi bo‘lib tan olindi, uning abadiy quloch yoygani Birinchi Prezidentimiz Islom Abduganiyevich Karimovning sa’y-harakatlari tufayli amalga oshirildi.