03.03.2017    11:35    13547

24 fevral kuni “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bunda“Davlat qurilishi va huquq” kafedrasining professor-o‘qituvchilari tomonidan yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosati va qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar  to‘g‘risida atroflicha tushunchalar berildi. Jumladan, “Yoshlar huquqiy madaniyatini yuksaltirish – huquqiy davlat qurishning zarur shartlaridan biri”, “Jamiyatda yoshlar huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirishning dolzarb masalalari” mavzularida davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati mobaynida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar. Yoritilgan mavzudagi davra suhbati talabalarda katta taassurot qoldirdi.