25.02.2017    17:30    13302

24 fevral kuni “Navoiyxonlik” oyligi doirasida Axborot-resurs markazida talabalar o‘rtasida “Donolar bisotidan” deb nomlangan suhbat o’tkazildi. Suhbatda Navoiyning hayoti va ijodi haqida so‘z yuritildi. O‘zbek adabiyotining oltin fondidan o‘rin olgan “Xamsa” asariga e’tibor qaratildi. Asardan parchalar o‘qib eshittirildi. Navoiyning dono hikmatlari, ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga qaratib aytilgan nasihatlari esga olindi. Shoirning yaxshi va yomon, ezgulik va g‘arazlik, nodonlik va aql-idrok, befarqlik va odamiylik kabi axloqiy tushunchalarga bo‘lgan munosabati to‘g‘risida fikr-mulohazalar yuritildi. Universitetda talaba-yoshlarning yurish-turishi, odob-axloqi, kiyinish va muomala madaniyati yuzasida kerakli bo‘lgan dono maslahatlar berildi.