28.02.2017    08:53    13450

2017 yilning 27 fevral kunida universitetning kinozalida 14:30 da “JIDUda Germaniya kunlari” loyihasi doirasida “Germaniyada ta’lim olish” mavzusida iformatsion seminar bo’lib o’tdi. Nasiba Abdullaeva Germaniyada oliy ta’lim tizimi haqidagi taqtimotini namoyish etdi. Taqdimotda ta’lim olish imkoniyatlari, kurslar olish imkoniyatlari, shuningdek bo’sh vaqtga bo’lgan imkoniyatlar haqida gapirildi. Seminar savol va javob ko’rinishida bo’lib, u talabalar uchun juda foydali bo’lib o’tdi. Seminar qatnashchilariga informatsion bukletlar tarqatildi.