27.02.2017    15:47    13485

2017-yil 24-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "Kamolot" YoIH BT boshchligida Toshkent shahar Kengashining navbatdagi rejaga muvofiq tadbirlari o'tkazildi. Tadbir boshlanishida "Turkiston" gazetasi muharriri va muxbirlari bilan ochiq muloqot o'tkazildi. Obunachilar o'zlari qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollariga javob oldilar. Tadbirning ikkinchi qismida Toshkent shahridagi Oliy ta'lim muassasalari yetakchilari uchun o'quv-seminar bo'lib o'tdi. Seminar davomida boshlang'ich tashkilotlarda ishni to'g'ri va tizimli yo'lga qo'yishga oid masalalar ko'rib chiqildi.