24.02.2017    13:19    13513

22 fevral kuni universitetning faollar zalida kurator soatida talabalarning 2014 yilda og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni, 2016 yilda Olimpiya chempioni, “O‘zbekiston iftihori” belgisi, “El-yurt hurmati” ordeni sovrindori Ruslan Nuriddinov bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Tashrif buyurgan mehmon sport sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlari, Olimpiya cho‘qqisiga chiqishda bosib o‘tgan yo‘llari haqida gapirib o‘tdi. Talabalar chempionning chiqishidan hayratlanib o‘zlarining savollari bilan murojaat qildi.

Mazkur tadbir universitetning Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “2017 yilning fevral oyida o‘tkazilib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy haftaligi” doirasida hamda talaba-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi va sportni targ‘ibot qilish maqsadida tashkil etildi.