24.02.2017    12:48    13549

21 fevral kuni axboro-resurs markazi o‘quv zalida universitet talabalari va o‘qituvchilari o‘rtasida «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» nashryoti jamoasi bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvga sharyot bosh muharriri, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayid, xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi R.Musurmon, gazeta muhbiri va shoir J.Jahon, professor N.Jabborov, bo‘lim rahbari, shoir X.Akbarov, xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, san’at bo‘limi rahbari G.Umarova, O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan jurnalist M.Abdullayevlar tashrif buyurdi. Kirish so‘zi bilan professor F.Muminova chiqish qildi.

Sirojiddin Sayid gazeta, uning sahifalari, madaniyat va san’an sohasining mashhur arboblari hayotidan so‘zlab berdi. Professor N. Jabborov o‘z chiqishida yoshlar o‘z diqqatini ko‘proq Internetga qaratgani va mumtoz adabiyotlarni kam o‘qiganiga urg‘u berdi. Muhmonlar o‘zlarining she’rlari, asarlaridan namunalar o‘qib eshittirdi.

Tadbir yakunida Sirojiddin Sayid universitetning axborot-resurs markaziga badiiy adabiyotlarni taqdim etdi.