16.02.2017    11:34    13462

15 fevral kuni murabbiylik soatida barcha akademik guruhlarda Zahiriddin Muhammad Boburning bunyodkorlik va yaratuvchanlik fazilatlari – ibrat va tarbiya manbai” mavzusida suhbat o‘tkazildi. Suhbatda buyuk shoir va sarkardaning ko‘p qirrali merosiga nazar tashlandi. Uning bosib o‘tgan hayoti va ijodi yo‘li esga olindi. Talabalar tomonidan Bobur she’riy to‘plamidan misralar o‘qildi. Boburnoma asaridan lavhalarga to‘xtalib o‘tildi. Temuriylar sulolasiga nazar tashlandi, Boburning yoshlik damlaridan she’riyatga bo‘lgan qiziqishi borligi e’tibor etildi. Bobur otasining yo‘lidan borgani, umrining oxiriga qadar so‘fiylik ta’limotiga e’tiqod qo‘ygani eslatib o‘tildi.

Davra suhbati so‘ngida Boburning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan taqdimot namoyish etildi. Taqdimot qizg‘in muhokama etildi.