10.02.2017    15:36    14165

Xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi Muminova G.M «Yevropa Ittifoqining zamonaviy muammolari» mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada Yevropa Ittifoqining shakllanish evolutsiyasi yoritildi. Muallif o‘z ma’ruzasida Yevropa davlatlarida bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealarni siyosiy tahlil qildi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning YEI tarkibidan ajralib chiqqanligi sabablari, hozirgi kunda bu jarayon Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari Gresiya va Fransiyaga ham ko‘chganligini aytib o‘tdi.

Ilmiy seminarda «Xalqaro munosabatlar» fakulteti o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Ma’ruzadan so‘ng ishtirokchilar mavzuni muhokama qildilar.