08.02.2017    16:17    13769

6 fevral kuni JIDU Axborot-resurs markazida, mutafakkir, davlat arbobi, o'zbek adabiyotini rivojlanishiga katta hissa qo'shgan buyuk o'zbek shoiri Alisher Navoiy tavallud topganining 576 yilligiga bag’ishlangan kitob ko'rgazmasi ochildi.

Ko'rgazmada Alisher Navoiyning hayoti va ijodini tasvirlab beruvchi  ko'ptomlik asarlari, kitoblar namoyish etilgan. Ular qatoridan o'rin olgan  3000 tadan ortiq she'rlar va g’azallar, dostonlar, ilmiy ishlar va she'riy risolalarida XV asr yakunida O'rta Osiyoning ma'naviy hayoti yoritilgan.

Ko'rgazmada foydalashuvchilar  mashur nashrlardan biri  bo'lgan “Xamsa”, undagi xalq eposiga tayangan 5 ta doston va Navoiyning yuqori cho'qqisini aks etuvchi ijodi bilan tanishish imkoniyatiga ega.

Ko'rgazmadan Oybek, Maksudom Shayxzoda va boshqa yozuvchilarning Alisher Navoiyga bag’ishlangan taniqli asarlari o'rin olgan.

Ko'rgazmaga tashrif buyurganlar, Axborot-resurs markazida  Alisher Navoiy xayoti va ijodiga bag’ishlangan yana qanday asar va nashrlar bor ekanligiga guvoh bo'ladilar.