03.02.2017    15:33    13756

2017 yil 30 yanvar kuni “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi mudiri L.M.Toshpo'latova, dotsent  J.X. Qarshibaev va A.Rasulovalar tomonidan JIDUda shaxmat bayrami o'tkazildi. Turnirda “Kamolot” YoIH BTning  faollaridan  bo'lgan “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 4 bosqich talabasi Abdurasulov Javlon ishtirok etdi. Tadbirda ishtirokchilar O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning tavallud topganligi munosabati bilan xotiralandi va O'zbekistonda shaxmatni rivojlantirishga qo'shgan hissalarini ta'kidlab o'tdi. 

Tadbirdan ko'zlangan maqsad, talabalar o'rtasida shaxmat o'yinini ommalashtirish va shaxmat bo'yicha 2017 yil 10 fevralda bo'lib o'tadigan JIDU birinchiligiga tayyorgarlik ko'rish edi.

Turnirda barcha fakultet va kurslardan 20 nafardan ziyod  talabalar ishtirok etdi.