02.02.2017    14:57    13529

2017 yil 1 fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tavallud topgan kuniga bag‘ishlab “Mustaqillik me’mori” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi dotsenti F.Usarova barcha birinchi kurs talabalariga o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Ma’ruzada mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tiklaganligi, g‘oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirganligi aniq hayotiy misollar bilan talaba-yoshlarga tushuntirildi.

Mazkur tadbir yakunida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov hayoti va faoliyati bilan bog‘liq film namoyishi tashkil etildi.