02.02.2017    09:15    13450

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakultetining 5-kurs talabalari o‘zlarining “Xalqaro transport huquqi” fanidan olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Universal logistic services” QK terminaliga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar logistik kompaniyasi faoliyati bilan yaqinda tanishishga va shuningdek yuk tashish jarayoni bilan bo‘g‘liq boshqa kompaniyalar faoliyatini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Tovar kassasi boshlig‘Ii Nodir Akramov talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi va xalqaro yuk tashish bilan bog‘liq faoliyatni batafsil yoritib bera oldi. Shuningdek logistik kompaniya va universitet vakillari shunday uchrashuvlarni o‘tkazishni an’anaga aylantirshga va shartnoma tuzgan holda kelgusi uchrashuvlarni tashkil etishga yakdillik bilan xohish bildirishdi.