01.02.2017    18:02    13883

2017 yil 1 fevral kuni murabbiylik soatida, barcha fakultet talabalari o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abduganievich Karimovning porloq xotirasiga bag'ishlangan “Xotira darsi” bo'lib o'tdi. Ularning davlat mustaqilligi, yurt ravnaqi, milliy istiqlol g'oyasi uchun xizmat qilishda yaratgan ilmiy asarlari haqida to'xtaldi. Talabalar  Birinchi Prezidentimiz tomonidan o'zbek xalqining saodati va kelajagi yo'lida amalga oshirgan ulkan ishlarini tilga oldi. Yoshlarimizning har tomonlama kamol topishiga yaratilgan sharoitlar haqida so'z yuritdi. Xotira darsi yakunida Islom Karimovning serqqira hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan film namoyish etildi.