19.01.2017    16:42    13822

2017 yil 18 yanvar kuni “Xalqaro huquq” va “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti 3 bosqich talabalari uchun ochiq ma’ruza tashkil etildi. Ma’ruzaga O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Akademiyasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri Baxtiyor Nazarovich Sirliev taklif etildi. Ma’ruzadan ko’zlangan maqsad - talabalarga yurisprudensiya sohasida mutaxassislarni tayyorlashning ijtimoiy-psixologik jihatlarini yoritib o’tish. Dotsent B.N.Sirliev ma’ruza mavzusi rejasini o’qib eshittirdi, asosiy tayanch iboralarga to’xtalib o’tdi. Yurisprudensiya sohasida mutaxassislarni tayyorlashning ijtimoiy-psixologik jihatlarini yoritib o’tdi. Bu borada inson psixologiyasini o’rganish muhim ahamiyatga ega ekanligi, muomala sirlarini bilish, shaxslararo munosabatlarni huquqiy tartibga solish jihatlarini o’rganish, stresslarni boshqarish kabi dolzarb masalalarga alohida urg’u berildi. Yurisprudensiya sohasi mutaxassislarining kasbgrammasiga e’tibor qaratildi. Unga qo’yilgan talablar izohlanib o’tildi. Mavzuga doir ko’plab  misollar keltirildi. B.N.Sirliev talabalarga stresslarni oldini olish mashqlarini ko’rsatib o’tdi. Qimmatli  maslahatlar berdi. Ma’ruza so’ngida   talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etdi va kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldi.