19.01.2017    15:51    14223

2017 yil 18 yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 25-yilligi hamda “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ga bag'ishlangan “O'zbekiston yagona Vatanim, Milliy armiyam - faxrim, tayanchim!” nomli tantanali tadbir bo'lib o'tdi.

Tabrik nutqi bilan universitet rektori Abdumalik Abduvaxobovich Djumanov so'zga chiqdi, yoshlarimizga doimo vatanparvarlik, sabir-toqatlik, matonat va donolik fazilatlari bilan namuna bo'lib kelayotgan veteranlarimizning sha'niga alohida minnatdorchilik va tabrik so'zlari aytildi.

O'z tabrik so'zlarini tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar, O'zbekiston harbiy-veteranlar Uyushmasi polkovniklari ham yo'lladi.

Muddatdan oldin harbiy xizmatni O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida o'tagan universitetning iqtidorli talaba-yoshlari o'zlarining ijodiy chiqishlari va harbiy malakalarini namoyish etdi.

 Bayram shukuhi O'zbekiston respublikasi qoshidagi Markaziy ashulla va raqs ansambli solistlari chiqishi orqali boyitildi.