23.12.2016    15:21    13245

«Afg'onistonda zamonaviy siyosiy holat» mavzusida ma'ruza o'qigan Xalqaro munosabatlar kafedrasi professori N.Tulyaganova ushbu mamlakatdagi vaziyatni tahlil qilib, umumiy ijobiy ta'sir etmagan, Afg'onistonda asosli va tan olingan manfaatlarga ega mamlakatlar, xalqaro tizimlar va boshqa aktorlarning baholariga etibor qaratdi.

«Afg'on jarayonida» ishtirok etayotgan manfaatlar qarama-qarshiligi taklif va tavsiyalari mazmuni bo'yicha farqligi bilan ifodalanadi, lekin eng muhimi manfaatdor mamlakatlar xarakatlari, rejalari va vaziyatning rivojlanish istiqbollarini baholashdi.

Shuningdek, Professor N.Tulyaganova. o'zining ma'ruzasida mintaqa mamlakatlarining ushbu masala bo'yicha bir qancha yondashuvlariga, xususan Afg'onistonning kelajakda transchegaraviy jinoyatlarni va boshqa turdagi xavflarni ehtimoliy asosiy manbai bo'lib qolishiga to'xtalib o'tdi.

Ilmiy seminar davomida ma'ruzachi Afg'onistondagi vaziyat rivolanishini dolzarb jihatlari va uning ehtimoliy yechimlarini gapirib o'tdi.