01.12.2015    17:54    17090

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2015 yil 1 dekabr kuni “O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning siyosiy-huquqiy asosi” mavzusida ilmiy-amaliy seminarbo'lib o'tdi.

Ushbu ilmiy-amaliy seminarda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari,Toshkent davlat yuridik universiteti, Bosh prokuratura Oliy o'quv kurslari huquqshunos olimlari hamda universitet professor-o'qituvchilari o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Ilmiy-amaliy seminarda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning siyosiy-huquqiy asosi ekanligi va amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatda jamiyat va davlat qurilishini yanada demokratlashtirishdagi ahamiyati borasida  ilmiy – amaliy taklif va  tavsiyalar ishlab chiqildi.