30.09.2015    13:41    21727

30 sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining faollar zalida 1 oktabr – “Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlab universitet jamoasi va Boshqaruv Instituti tinglovchilari ishtirokida tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Universitet rektori, professor A.A. Djumanov “Ustoz va murabbiylar kuni” bilan barchani tabriklab, bir qator faxriy professor-o‘qituvchilarni taqdirladilar. Tadbirda universitetning iktidorli talabalari va “Ofarin” ansabilining jaji o‘yinchilari ishtirokida konsert uyushtirildi. Bayramda barcha universitet faxriylari, professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun bayram dasturxoni yozildi va osh tarqatildi.