14.01.2017    11:54    13616

     O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 25-yilligini nishonlash va 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan universitetning bir guruh talabalari O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoshidagi Markaziy harbiy davolanish gospitalida tashkil etilgan bayram tantanalarida ishtirok etdi.  Talabalar Milliy armiyamiz harbiylarini fidokorona xizmatlari uchun Davlat mukofotlari va fahriy yorliqlar bilan taqdirlanishi marosimining shoxidi bo’ldi.

     Bayram ishtirokchilarini universitet talaba-yoshlari nomidan YoIH BT “Kamolot” yetakchisi J.Shamsutdinov tabrikladi va harbiy davolanish gospitali rahbariga qimmatbaho sovg’alar taqdim etdi. 

     Bayram tantanasi estrada artistlari va gospitalьning ijodiy jamoasi chiqishlari orqali davom etdi.