O`zbek tilida In English На русском


Haqiqiy kasb egasi bo'lish kerak!

2016-12-26 09:17:21

2016 yil 21 dekabr kuni murabbiylik soatida “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakultetining V bosqich talabalari o'rtasida favqulotda va muxtor elchi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, “Xalqaro savdo va investitsiyalar” kafedrasi mudiri Ibragim Radjabovich Mavlyanov bilan uchrashuv o'tkazildi. Mazkur uchrashuv “Iqtisodiy diplomatiya” ilmiy yo'nalishi doirasida tashkil etildi va “Mahorat darsi”ga aylandi. Uchrashuvda ustoz bitiruvchilarga kasbiy barqarorlik sirlari, maqsadga erishish imkoniyatlari, shaxsiy intellektual va jismoniy salohiyatni rivojlantirish kabi muhim masalalar yuzasida foydali maslahatlab berib o'tdi.

Uchrashuv savol-javob tariqasida davom etdi va talabalarni qiziqtirgan masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Ibragim Radjabovich Mavlyanov talabalarga “O'qishni bitirgandan so'ng qaysi turdosh sohalarda faoliyat yuritish mumkin?” deb berilgan savolga alohida to'xtalib o'tdi. Mazkur savol dastavval I bosqichda berilishi maqsadga muvofiq ekanligi, hozirda har bir bitiruvchi o'zining bilim darajasi va amaliyotini tinmay boyitishi, ko'plab iqtisod sohasiga doir kitoblarni o'qish, haqiqiy kasb egasi bo'lish keraklligini ta'kidlab o'tdi.

Bundan tashqari, mamlakatimiz va oilaning iqtisodiy farovon bo'lishi yo'lida yangi g'oyalar, yangicha tafakkur, investitsiyalar kiritish, kapitalga ega bo'lish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab o'tdi. Tadbir bitiruvchilarda katta taasurot qoldirdi va ustoz bilan kelgusida yana uchrashuvlar o'tkazish istagini bildirdi.

(Ko`rildi: 872)


« Ortga qaytish  Yangiliklar arxivi


JIDU e`lonlar
  1. Talabalar hayoti
  2. Bo`sh ish o`rinlari
  3. Hamma e`lonlar