2016-12-24    12:34    5304

        Yoshlar ijod saroyida  «Sog‘lom ona va bola» Davlat dasturi doirasida “Shirintoy bolajonlar” deb nomlangan fototanlovning yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Mazkur tanlov “Kamolot” YOIH, O‘zbekiston badiiy akademiyasi va Toshkent shahar hokimiyati bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tanlovda bolajonlarning baxtli bolalik damlarini aks etuvchi fotosur’atlar namoyish etildi. Yurtimizda ta’lim, sport va  san’at sohasida yaratilgan  sharoitlarga bag‘ishlangan  maxsus fotokollaj ham o‘rin egalladi.                                             

        Ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan bunday  tanlovning maqsadi  bolalar ijodini va yangi mualliflarning ismlarini kashf etish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning badiiy-estetik dunyoqarashini boyitish, turli davlatlardagi bolalar o‘rtasida  do‘stlik rishtalarini rivojlantirishga qaratildi. Ushbu  baxtli bolalik bayramiga  “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti 4 kurs talabalari va ularga boshchilik qilgan “JI va XIM” kafedrasi kuratorlari Suriya Telmanovna Turayeva va Gulshan  Abduqayumovna Abdurahimovalar tashrif buyurdi.