18.11.2015    16:47    17013

2015 yil 18 noyabr kuni JIDU da Yosh olimlar jamiyatining "Xozirgi zamon xalqaro munosabatlarinig dolzarb masalalari:siyosat, iqtisod va huquq" mavzusida III ilmiy-amaliy respublika konferensiyasi bo'lib o'tdi. Ushbu konferensiyada universitetda ta'lim olayotgan bakalavr talabalari, magistrant va ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdilar. Konferensiya ishtirokchilari xalqaro munosabatlardagi zamonaviy tendensiyalar holati va ustuvorligi, O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosati va diplomatiyasining ustuvor yo‘nalishlari xususida o‘zaro fikr almashdilar. Konferensiya mavzusining muhim jihati xalqaro munosabatlarning zamonaviy tendensiyalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarning amalyotga tadbiq qilinishi bilan izohlanadi.
Konferensiya ishtirokchilari fan sohalariga oid o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini va yosh olimlar ilmiy salohiyatini rivojlanishinini ta’kidlab o‘tdilar.
Konferensiyaning seksiya qismida esa universitet talabalari, magistrantlari, o'qituvchilari va shu bilan bir qatorda TDYuU va boshqa oliy o'qiv yurtlaridan tashrif buyurgan bir qancha talabalar ishtirok etdi. Konferensiya yakunida ishtirokchilarning maqolalari nashr qilinishi rejalashtirilgan.