16.12.2016    18:45    13673

2016-yil 12-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti “Xalqaro xususiy va fuqarolik huquq” kafedrasida “Xalqaro xususiy huquq” fanidan 5-kurs talabalari bilan “Xalqaro tijorat arbitrajida nizolarni hal etish tartibi” mavzusi bo’yicha muloqot darsi o‘tkazildi. 

Ushbu darsda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj (hakamlik) sudi raisi Foziljon Xaydarovich Otaxonov qatnashdilar. 

Mazkur uchrashuv amaliyotdan keltirilgan misollar bilan yoritib berilganligi talabalarning bu boradagi tasavvurlari va ko‘nikmalarini yanada boyitdi.