06.12.2016    11:21    14332

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yuridik klinika tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi xamkorligida 2016 yilning 29 noyabrida “Yuristlarning kasbiy mahorati va salohiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Xalqaro huquq fakulteti talabalari, professor-o'qituvchilari, taklif etilgan huquqshunos mutaxassislar hamda katta tajribaga ega O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi sudyasi Shaxnoza Muzafarovna Axatova qatnashdilar.

Mazkur davra suhbatining maqsadi nazariyot bilan amaliyotni bir-biriga yaqinlashtirish, ya'ni huquqshunoslik kasbini egalamoqchi bo'lgan talabalarning yuriprudentsiya sohasida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. Amaliyotdan taklif etilgan mutaxassislar va talabalar o'rtasida mazkur mavzuda olib borilgan davra suhbati qizg'in bahs-munozalar va savol-javoblar asosida bo'lib o'tdi. Davra suhbatida, shuningdek, mavzuga oid xalqaro standartlarni tahlil qilish atrofida ham mulohazalar yuritildi.

Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan to'laqonli javob oldilar.

Davra suhbati foydali va samarali bo'lganligi ta'kidlandi va tegishli tavsiyalar xamda takliflar qabul qilindi.